Quraysh surasi قريش

Tarjima: Uzbek Translation - Muhammad Sadiq

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

لِإِيلَٰفِ قُرَيۡشٍ ١

Қурайшнинг лозим тутиши учун!

إِۦلَٰفِهِمۡ رِحۡلَةَ ٱلشِّتَآءِ وَٱلصَّيۡفِ ٢

Уларнинг қиш ва ёз сафарларини лозим тутиши учун!

فَلۡيَعۡبُدُواْ رَبَّ هَٰذَا ٱلۡبَيۡتِ ٣

Бас, улар мана шу Байтнинг Роббига ибодат қилсинлар.

ٱلَّذِيٓ أَطۡعَمَهُم مِّن جُوعٖ وَءَامَنَهُم مِّنۡ خَوۡفِۭ ٤

У уларни очликдан тўқ қилган, хавфдан омон қилгандир.

Savollar

Quraysh surasida nechta oyat bor?

Quraysh surasida 4 oyat bor. U Qur'oni Karimning 106-surasi.

Quraysh surasi Makkiymi yoki Madaniymi?

Quraysh surasi Makkiy sura.

Quraysh surasi qaysi porada?

Quraysh surasi 30-porada.

Quraysh surasini tinglasam bo'ladimi?

Ha. Ushbu sahifaning yuqorisidagi ijro tugmasini bosing yoki istalgan oyatdan boshlang. Qabas ilovasida uni oflayn tinglash uchun yuklab olishingiz ham mumkin.